Seysmoprognostik monitoring Respublika
markazi to‘g‘risida
MA’LUMOT
O‘zbekiston Respublikasi
Prezidentining “Favqulodda vaziyatlarning oldini olish va ularni bartaraf etish
tizimi samaradorligini tubdan oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 2017-yil
1-iyun PF-5066-son Farmoniga asosan Seysmologiya institutining tezkor xabarlar xizmati
va seysmik xavfning seysmologik monitoringi va prognostik monitoring respublika
tarmog‘i bazasida O‘zbekiston Respublikasi
Favqulodda vaziyatlar vazirligining seysmoprognostik monitoring Respublika markazi
tashkil etildi va jami 50 ta stansiyalar Favqulodda vaziyatlar vazirligiga o‘tkazildi.
Seysmoprognostik
monitoring Respublika markazi (keyingi o‘rinlarda Markaz deb yuritiladi) — qonun hujjatlarida belgilangan talablarga
asosan o‘z faoliyatini amalga oshiradi, respublika va transchegaraviy
hududlarda, shuningdek, tabiiy va texnogen xavfli hududlarda hamda muhim
obyektlarda seysmik xavfsizlik bo‘yicha monitoringni tashkil etadi, kuchli va
talafotli zilzilalar sodir bo‘lishi xavfi mavjud bo‘lganida ularning
oqibatlarini bartaraf etish uchun zarur choralarni ko‘rish bo‘yicha takliflarni
ishlab chiqadi.
Markaz o‘z ishini O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar
vazirligining (yillik, yarim yillik va choraklik) rejalari, shuningdek,
vazirlik topshiriq va ko‘rsatmalari asosida tashkil etadi.
Markaz o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi
qonunlariga, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis palatalarining qarorlariga,
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga,
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarorlari va farmoyishlariga,
vazirlik zimmasiga yuklatilgan vazifalar bo‘yicha xalqaro shartnomalarga,
vazirlikning buyruq, buyruqnoma, farmoyish va huquqiy tusdagi boshqa
hujjatlariga amal qiladi.
Markaz faoliyatiga O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vaziri
tomonidan lavozimga tayinlanadigan boshliq rahbarlik qiladi.
Markaz O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligining
tarkibiy tuzilmasi hisoblanadi va bevosita Favqulodda vaziyatlar vazirining
birinchi o‘rinbosari – Shtab boshlig‘iga bo‘ysunadi, faoliyatini vazirlikning
Tashkiliy-tezkor boshqarmasi hamda Favqulodda vaziyatlarda harakat qilish va
boshqarish milliy markazi bilan hamkorlikda amalga oshiradi.
O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining Seysmologiya instituti
Markaz faoliyatini ilmiy-metodik tomondan ta’minlaydi.
Markaz Nizomi va uning tashkiliy tuzilmasi O‘zbekiston Respublikasi
Favqulodda vaziyatlar vaziri tomonidan tasdiqlanadi.
Markaz yuridik shaxs hisoblanadi, o‘z balansiga, gerbli muhr va blank,
shtamp va bankda o‘z hisob raqamiga ega bo‘lib, faoliyati O‘zbekiston
Respublikasi Davlat budjetidan moliyalashtiriladi.
Markaz xodimlarining
umumiy
xizmat majburiyatlari
Markaz xodimlarining umumiy
majburiyatlari quyidagilardan iborat:
vazirlik
hamda Markaz faoliyatini belgilovchi rahbarlik va normativ-huquqiy hujjatlar
talablarini chuqur o‘zlashtirishi;
zilzilalarni
monitoring qilish va kompleks-prognostik kuzatuvlar olib borish maqsadida
ishlab chiqilgan yo‘riqnoma, qo‘llanma, ishlanmalar va dasturlar talablarini
o‘zlashtirib, xizmat faoliyatida qo‘llay olishi;
egallab
turgan lavozimi bo‘yicha xizmat majburiyatlarini va rahbariyat topshiriqlarini
belgilangan muddatlarda, to‘liq va sifatli bajarib, o‘rnatilgan tartibda
axborot berishi;
hujjatlarni
ishlab chiqish jarayonida kasb va shtab madaniyati hamda ish yuritish
bo‘yicha amaldagi me’yor va qoidalarga qat’iy rioya etishi;
o‘zining
kasbiy, ma’naviy, jismoniy va siyosiy bilim darajasini muntazam ravishda
oshirib borish bo‘yicha shug‘ullanishi;
avtomatlashtirilgan
boshqaruv tizimi va zamonaviy axborot vositalari (orgtexnika)dan foydalana olishi;
o‘ziga
biriktirilgan xizmat joyi (hududi)da tozalikni saqlash, xavfsizlik qoidalariga
rioya qilishi, davlat mulkini avaylab-asrashi va ulardan oqilona foydalanishi;
vazirlik
tizimida o‘tkaziladigan jamoatchilik ishlari va boshqa tadbirlar (ma’naviy,
sport va b.)da faol ishtirok etishi;
davlat va xizmat sirlarini saqlay olishi;