Diqqat, ZILZILA!
Yer qimirlaganda nima qilish kerak?
Yer silkinishlari haqida aniq malumotga ega bo‘lish,
qancha ball atrofida hamda qaysi hududlarda kuzatilishini avvaldan bilishga inson
qo‘li kaltalik qilmoqda. Eng rivojlangan davlatlarda ham, hattoki seysmik silkinishlar
tez-tez kuzatilishi odatiy holga aylanib qolgan. Yaponiyada ham aholini oldindan ogohlantirish va evakuatsiya
qilish yo‘llari haligacha topilmagan.
Zilzila vaqtida har qanday odam sarosimiga tushib, o‘zini-o‘zi boshqara olmay qolishi turgan gap. Ko‘pchiligimiz bunday hollarda nima qilishni, zilzila vaqtida qanday qilib jon saqlashimiz mumkinligini bilmaymiz ham. Mutaxassislarning tavsiyalariga quloq tutsangiz, tabiiy ofatlar vaqtida hayotingiz xavfsizligini ta’minlagan bo‘lasiz. Eng muhimi har qanday vaziyatda ham inson o‘zini ongli ravishda boshqara olishi, og‘ir va vazmin bo‘lishi lozim. Quyidagi eslatmalar esa sizga as qotishi aniq.
Yer qimirlaganda
aholini muhofaza qilish chora-tadbirlari.
1. Yer silkinishi xavfi bo‘lganda binodan chiqish yo‘lini oldindan belgilab qo‘yish kerak. Yodingizda bo‘lsin - yer sikinishi yarim tunda ham yuz berishi mumkin. Chiqish yo‘llari, eshiklar odamlar bilan tirband bo‘lib, tashqariga tez chiqishni qiyinlashtiradi. Binoni zudlik bilan tark etish birinchi qavat derazalari orqali ham amalga oshiriladi.
2. Uyingizdagi xavfsiz joylarni oldindan belgilab qo‘ying,
bu - xonaning asosiydevorlari orasidagi burchagi, ichkieshiklar o‘rni, stol, karavot, stanoklar osti bo‘lishi mumkin. Yer qimirlaganda uyning eng xavfli joylari – ichki va tashqi deraza ostilari, devorlarning oyna bilan qoplangan qismlari, ayniqsa oxirgi qavatlardagi burchakda joylashgan xonalar, lift va zinapoya maydonchalari bo‘lishi mumkinligini hisobga olish kerak.
3. Oila a’zolaringiz va bolalarga xavfsiz joyni egallashni o‘rgatish zarur.
4. Oila a’zolaringiz va o‘zingiz kvartirangizda, pod’ezdda, uyingizda gaz, elektr, suvni o‘chirish yo‘llarini bilishingiz lozim.
5. Qariya, nogiron va bolalar xavfsiligini ta’minlash yo‘lini oldindan o‘ylab qo‘ying.
6. Xonalardagi shkaf, kitob javonlarni devorlarga mahkamlab qo‘ying. Uy jihozlarini uxlaydigan o‘rinlarga yiqilmaydigan holatda, eshik va chiqish yo‘llarini to‘sib qo‘ymaydigan qilib joylashtirish kerak.
7. Javonlar, shkaflar ustidagi og‘ir buyumlar qattiq mahkamlab qo‘yilishi yoki odam ustiga tushib ketishi mumkin bo‘lgan buyumlar pastga yoki ishonchli joyga joylashtirilishi shart.
10. Tez alangalanuvchi va o‘yuvchi suyuqliklar solingan idishlarni yer qimirlab, bino silkinganda tushib ketib, portlab yoki yonib ketmaydigan xavfsiz joyda saqlang.
11. Jarohatlanganda, umuman xar qanday xavf bo‘lganda birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish choralarini o‘rganing. Doimo uyingizda dori-darmonlar, birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish qutichasini saqlang.
Kuchli yer silkinishi vaqtida: Zilzila ro‘y berganda, yerning yuza qismi uncha uzoq bo‘lmagan vaqt tebranib turadi. Yer silkinishi davri – silkinish yer qatlamining yuzasida va yaqin masofada bo‘lsa, bir necha soniya, chuqurroq va olisda bo‘lsa,2-3 daqiqagacha davom yetishi mumkin, bu tebranishlar insonga noqulaylik tug‘dirib, sarosimaga tushiradi. Lekin,yer silkinishining to‘xtashini kutishdan boshqa chora yo‘q. Shuning uchun vahimaga tushmaslikka harakat qiling, osoyishtalik va xotirjamlikni saqlash juda muhim. Yer qimirlayotganda xotirjamlik va aql bilan ish ko‘rsangiz talofatsiz chiqishingizga ko‘proq imkoniyat bo‘ladi. Bundan tashqari atrofingizdagi odamlar sizdan o‘rnak olishadi va bu ular uchun nihoyatda foydali.
Xonaning ichida:
1. Agar siz yer yoki binoning silkinishini sezsangiz, darhol xavfdan qutulishga harakat qiling, yeng katta xavfni yuqoridan tushadigan jismlar yaratishi mumkinligiga ahamiyat bering.
2.Agar siz ko‘p qavatli uyning birinchi qavatida xom g‘ishtli, pishgan g‘ishtli yoki paxsa devorli shaxsiy uylarda yashasangiz, zilzila boshlanishi bilan 15-20 soniya ichida darhol uyning ichidan tashqariga chiqib keting va elektir simlari, gaz quvurlari va baland imoratlar tagidan uzoqroqqa, ochiq joyga o‘ting.
3. Agar xonaning ichida qolsangiz, oldindan belgilab olingan xavfsiz joyga turib oling. Mabodo yuqoridan suvoq parchalari, yoritgich asboblari, oyna siniqlari tushadigan bo‘lsa, stol yoki karavotlar tagiga berkinib oling.Maktab o‘quvchilari partalarning tagiga kirib, boshlari va yuzlarini qo‘llari bilan berkitib olishlari zarur.
4. Agar siz ko‘p qavatli uylar imoratlarning birinchi qavatidan yuqorida bo‘lsangiz, hech qachon lift yoki zinapoyalarga qarab yugurmang, chunki ko‘p hollarda yer qimirlash davrida zinalar birinchi navbatda qulaydi. Bunday hollarda uyning eshigini ochib, uning o‘rniga turing. Eshik kesakisi qotib qolsa, xavotir bo‘lmang, bu hol imorat devorlarining og‘ishidan bo‘ladi.
5.Har qanday binoning oynaband devorlaridan uzoqroqda, asosiy devori yonida turishga harakat qiling. Oyna to‘siqlaridan ehtiyot bo‘ling.
6. Ikkinchi va undan yuqori qavatlarda bo‘lsangiz, zinhor derazadan pastga sakramang, chunki binoga zarar yetmasa ham, siz jarohatlanishingiz mumkin.
7. Sakrashga majbur bo‘lgan hollarda zinhor yopiq deraza oynasiga qarab sakramang, oynani taburetka yoki yelkangiz bilan sindirib, keyin sakrang.
8. Odamlar bilan gavjum joylarda (magazin, kinoteatr, maktab, oliygoh, vokzal) sarosimaga tushmang, binoning asosiy devorlariga, ustunlarga yaqinroq osilib turgan buyumlardan, qandil, konditsioner, reklama taxtalaridan uzoqroq turish kerak.
9. O‘zingizni xotirjam tuting, atrofingizdagilarni sarosimaga tushiradigan harakatlar qilmang, eshik va yo‘laklarda tirbandlikka yo‘l qo‘ymang.
10. Qishloq joylarida yer silkinishi oqibatida yer ko‘chkisi ro‘y berishi, sel kelishi, tog‘ toshlari tushishi mumkin. Shuning uchun tepaliklar ustiga yoki suv bosmaydigan, yuqoriroq joyga chiqib olishga yoki tik tog‘ yonbag‘irlari ostidan uzoqroq joylarga o‘tishga harakat qiling.
11. Molxonalar yonida turish mumkin yemas, chunki hurkib ketgan hayvonlar tagida qolib ketish xavfi mavjud.
Ko‘chada:
1. Ko‘p qavatli bino ostida turgan bo‘lsangiz, ochiq joyga chiqishga harakat qiling, chunki bino silkinishi natijasida siniq parchalari ustingizga tushishi mumkin. Elektr simlari tagida ham turmang, uzulib ketishi mumkin. Uzilib ketgan simlardan ehtiyot bo‘ling.
2. Bino bo‘ylab uning tagida yugurmang, binoga kirmang, yuqoridan tushishi mumkin bo‘lgan bo‘laklar hayotingiz uchun xavfli.
3. Yer silkinayotgan vaqtda avtomobilda ketayotgan bo‘lsangiz, yuqori qavatli binolar, elektr simi, tik yonbag‘irlar, ko‘priklar, avtomobillarga yonilg‘i quyish shahobchasi, daryo o‘zanidan uzoqroq joylarga borib mashinani asta to‘xtating.
Yer qimirlaganidan
so‘ng:
1. Yer qimirlashi to‘xtaganidan
keyin binolarning holatini, jabrlangan odamlarni kuzatishingiz mumkin. Bunday
hollarda xotirjamlik bilan, darhol shikastlangan, jarohatlanganlarga yordam ko‘rsatishni
boshlang.
2. Yordamga muhtoj odamlarga birinchi tibbiy yordam ko‘rsating.Jarohat olganlarni sovuq qotmasligi uchun ko‘rpa bilan o‘rang va shifoxonaga yuboring.
3. Kasallar, bolalar va qariyalar xavfsizligini taminlang, ruhiy dalda bering.
4. Yengil buyumlar ostida qolganlarga yordam bering. Ehtiyot bo‘ling, qo‘shimcha tibbiy yoki boshqa yordamga zarurat bo‘lsa, yordam kelguncha kuting.
5. Yong‘in o‘chog‘ini sezsangiz, iloji boricha o‘chirishga harakat qiling.
6.Elektr simlarini uzilmaganligini tekshirib ko‘ring. Buzilgan joyini tuzatishga
harakat qiling yoki elektr tarmog‘ini o‘chirib qo‘ying.
7.Suv tarmog‘ini tekshirib ko‘ring. Agar buzilgan bo‘lsa, tuzatishga harakat qiling
yoki tarmoqdan uzib qo‘ying
8.Gaz tarmog‘ini jo‘mragidan berkitib qo‘ying, agar gaz tarqalish xavfi mavjud
bo‘lsa, uni hididan aniqlang, gugurt yoki shamdan foydalanmang.
9.Kanalizatsiya quvuridan foydalanishdan oldin, uning sozligini bino ichida,
yerto‘lada tekshirib ko‘ring.
10.Xavfli yengil alanga oluvchi suyuqliklar to‘kilgan bo‘lsa (benzin, kimyoviy
moddalar va boshqalar), tezda bartaraf qiling va bu haqida boshqalarga xabar bering.
11.Vayron bo‘lgan binolar yoniga bormang, ularning ichiga kirmang. Agar sizning
yordamingiz kerak bo‘lmasa, yer qimirlagan va vayron bo‘lgan joyga kirmang.
13.Yerto‘la eshiklarini ochishda ehtiyot bo‘ling, chunki ustingizga suvoq parchalari,
ustunlar yoki og‘ir jismlar tushishi mumkin.
14.Telefonni keraksiz axborotlar uchun band qilib turmang, chunki telefon yordamga
chaqirish, muhim hodisalar, yaradorlar va jinoyatchilar haqida axborot berish uchun
kerak bo‘ladi. Yodingizda bo‘lsin, telefon tarmog‘ining band bo‘lishi qutqaruv xizmati
ishlari samaradorligini kamaytirishi mumkin.
15.Yer qimirlashining takrorlanishi mumkinligi haqidagi o‘z fikringizni birovlarga
tarqatmang yoki mish-mishlarga ishonib gap tarqatmang. Rasman elon qilingan axborotlardan foydalaning.
16.Agar siz vayrona ostida qolgan bo‘lsangiz, iloji boricha xotirjamlik bilan sharoitni
to‘g‘ri baxolang. O‘zingizga birinchi tibbiy yordam ko‘rsating, agar lozim bo‘lsa,
qon oqishini to‘xtating va jarohatni bog‘lang.17. Yoningizdagilarga yordam ko‘rsating, tinchlanishiga yordam bering.Vayronalardan tashqaridagilar bilan tovush orqali yoki biror narsani taqillatish bilan aloqa o‘rnatishga harakat qiling. Kuchlaringizni tejang. Yodingizda bo‘lsin, yordam, albatta, keladi.
18.Aftershoklar, asosiy yer qimirlaganidan so‘ng bir necha daqiqa, soat, bazi vaqtlarda
kunlardan keyin ham yuzaga kelishi mumkin.
Rahbarlar va fuqarolarning xavfsizligini ta’minlovchi javobgar
shaxslar diqqatiga!
Mahalliy hokimiyatlar bilan hamkorlikda o‘zingizning hududingizda joylashgan
uy-joy, tashkilotlar, binolar, korxonalar, maktablar, bolalar bog‘chalari, kasalxonalarning
o‘ziga xos xususiyatlarini o‘rganib chiqqan holda, seysmik xavfsizlik chora-tadbirlarini
ishlab chiqing.
Loyihachi va quruvchilar!
Yodingizda bo‘lsin, binolarni loyihalashtirish va qurish jarayonida yo‘l qo‘ygan
xatolaringiz va loqaydligingiz, qurilish texnologiyalarining buzilishlari bino va
inshootlarining mustahkamligini kamaytirishi hamda u yerda yashaydigan va ishlaydigan
aholi uchun xavf tug‘dirishi mumkin.
Obyektlar rahbarlari diqqatiga!
Bino va inshootlarning texnik holatini doimo kuzatib turing.
Diqqat-e`tibordan chetda qolgan eng yaxshi bino ham muddatidan avval, avariya holatiga
kelib qolishi mumkin.